locale OZ

Arnautovich \"Inter\"ni erkin agent sifatida tark etadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arnautovich "Inter"ni erkin agent sifatida tark etadi
Photo: Getty Images

"Inter" hujumchisi Marko Arnautovich mavsum oxirida jamoani tark etadi.

Avstriyalik 36 yoshli futbolchining “Inter” bilan shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi.

Joriy mavsumda Arnautovich “neradzurrilar” safida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Inter" yosh iqtidorlarga e’tibor qaratgani sababli, Marko bilan shartnomasini uzaytirmaslikni afzal ko‘rishdi.

"Stok Siti", "Vest Hem" va "Shanxay Port" klublarida o‘ynagan Arnautovichga Turkiya va Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting