locale OZ

“An-Nassr” sport direktori Ronalduning kelajagi haqida gapirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“An-Nassr” sport direktori Ronalduning kelajagi haqida gapirdi
FOTO: Getty Images

Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi sport direktori Fernando Yerroning aytishicha, klub jamoaning 40 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara olib bormoqda.

“Biz hali ham Krishtianu Ronaldu bilan yangi kelishuv bo'yicha muzokaralarni davom ettiryapmiz. Umid qilamanki, biz kelishuvga erishamiz”, - deya Yerroning so'zlarini keltiradi Fabritsio Romano.

Ma'lumot uchun, Ronaldu 2024/2025-yilgi mavsumda 25 ta gol urib, Saudiya Arabistoni chempionatining eng yaxshi to'purariga aylandi. Uning riyodliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi shu yilning yozida yakuniga yetadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting