locale OZ

“An-Nassr” Ronaldu bilan kelishmovchiliklar sabab bosh murabbiyni iste'foga chiqarishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“An-Nassr” Ronaldu bilan kelishmovchiliklar sabab bosh murabbiyni iste'foga chiqarishi mumkin
FOTO: Goal.com

Saudiyaning “An-Nassr” klubi bosh murabbiyi Stefano Pioli jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan kelishmovchiliklari, shuningdek, qoniqarsiz natijalar sabab iste'foga chiqarilishi mumkin. Bu haqda Sport Italia nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Pioli yana Italiyaga qaytishi mumkin. Ta'kidlanishicha, Klaudio Ranyeri mavsum so'nggida tark etadigan “Roma” 59 yoshli mutaxassisga qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu Saudiya Pro-ligasining 25-turidan o'rin olgan “Al-Xolud”ga qarshi bahsning 61-daqiqasida zaxiraga olindi. Shundan so'ng, portugaliyalik futbolchi Piolining bu qaroriga e'tiroz bildirib, kiyim almashtirish xonasiga ravona bo'ldi.

Ma'lumot uchun, “An-Nassr” Saudiya chempionatining 25-turidan so'ng 51 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda. Riyodliklar peshqadam “Al-Ittihod”dan 10 ochkoga ortda qolmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting