locale OZ

“An-Nassr” bosh murabbiyligiga asosiy nomzod ma'lum bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“An-Nassr” bosh murabbiyligiga asosiy nomzod ma'lum bo'ldi
FOTO: Getty Images

Saudiyaning “An-Nassr” klubi Stefano Pioli iste'foga chiqqanidan so'ng faol ravishda yangi murabbiy qidirmoqda. Asosiy nomzod Jorje Jezus ekanligi aytilmoqda. Bu haqda Footmercato nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Saudiya klubi allaqachon 70 yoshli mutaxassis bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.

Eslatib o'tamiz, Jezus joriy yilning may oyida “Al-Hilol” murabbiyligidan iste'foga chiqqandi. Portugaliyalik mutaxassis “Al-Hilol” boshqaruvida jami 130 ta o'yin o'tkazib, 101 ta g'alaba, 18 ta durang va 11 ta mag'lubiyat qayd etgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting