\"An-Nasr\" Manening kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi
U 2023 yildan beri klub safida to‘p suradi
Photo: Getty Images
Senegal terma jamoasi hujumchisi Sadio Mane yozda “An-Nasr”ni tark etadi, deya xabar bermoqda The Mirror.
Qayd etilishicha, Saudiya klubi yozgi transferlar vaqtida senegallik vinger bilan xayrlashishga qaror qilgan. Manening o‘rniga "An-Nasr" rahbariyati "Manchester Yunayted" vingeri Alejandro Garnachoni taklif qilmoqchi.
Ma’lumot uchun, Sadio 2023 yilning yozida Saudiya Arabistoni jamoasi safiga qo‘shilgandi. O‘tgan mavsumda 33 yoshli senegallik 47 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 18 ta gol va 14 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.
Futbolchining "An-Nasr" bilan mehnat shartnomasi 2026 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist