locale OZ

\"Andijon\" ukrainalik darvozabonni o‘z safiga qo‘shib oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Andijon" ukrainalik darvozabonni o‘z safiga qo‘shib oldi
Photo: Andijan PFK

Yozgi seleksiya ishlarini davom ettirayotgan “Andijon” tarkibini kuchaytirishda izchil harakat qilmoqda.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, bu yil 25 yoshga to‘ladigan ukrainalik darvozabon Artyom Odintsov "Andijon" futbolchisiga aylandi.

Ma’lumot uchun, Artyom Odintsov 2000-yil 9-noyabrda Ukrainada tug‘ilgan.

Darvozabon shu kungacha Ukrainadagi “Munkach”, Vengriyaning “Kishvarda” va “Dyoshdyor” klublari sharafini himoya qilgan. 2018-yildan buyon aynan Vengriya chempionatida faoliyat olib borgan.

Odintsov bilan shartnoma 1,5 yilga tuzildi va uning jamoamizdagi faoliyati omadli kechishini tilab qolamiz, – deyiladi rasmiy xabarda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting