\"Andijon\" tez tibbiy yordam mashinasida bint, qaychi va kerakli dori vositalari bo‘lmagan
PHOTO: Telegram
18-21 aprel kunlari Superliga 6-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Ushbu turning har bir o'yinlariga bag'ishlangan liga komissari bildirgisini e'tiboringizga havola qilamiz:
“Andijon” 1:2 “Dinamo”
Uchrashuvning 74-daqiqasida mehmon jamoa futbolchisiga tez tibbiy yordam ko‘rsatilishi zarurati vujudga keldi. Komissar bildigisida qayd etilishicha, tez tibbiy yordam mashinasida bint, qaychi va kerakli dori vositalari bo‘lmagan, oqibatda futbolchiga yetarlicha yordam ko‘rsatilmagan.
Liga Andijon viloyati rasmiylaridan tez tibbiy yordam mashinasi futbol uchrashuviga rasmiyatchilik uchun emas, chindan ham jarohatlangan futbolchiga birinchi yordamni ko‘rsatish uchun kelishi masalasini eslatib o‘tishni lozim topadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor