locale OZ

Ana holos! “Udineze” darvozaboni to'rt yilga futboldan chetlatilishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ana holos! “Udineze” darvozaboni to'rt yilga futboldan chetlatilishi mumkin
FOTO: Getty Images

“Udineze” klubi darvozaboni Maduke Okoye kelishilgan o'yinlarda ishtirok etganlikda gumonlanib, Italiyada 4 yilga futboldan chetlatilishi mumkin. Bu haqda Corriere dello Sport xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, voqea 2024-yilning mart oyida “Latsio” bilan o'yinda sodir bo'lgan. Uchrashuvning 64-daqiqasida Okoye vaqti cho'zganligi sabab sariq kartochka olgan. Ma'lum bo'lishicha, aynan shu voqeada g'ayritabiiy darajada ko'p garovlar qayd etilgan.

Tergovlar shuni ko'rsatmoqdaki, Nigeriya terma jamoasi darvozaboni o'zining yaqin do'sti bilan til biriktirgan bo'lishi mumkin. Qayd etilishicha, ushbu voqea uchun tikilgan garovlardan 120 ming yevrodan ortiq yutuq Udine provinsiyasida joylashgan bukmekerlar orqali to'lab berilgan.

Ish materiallari allaqachon Italiya futbol federatsiyasi prokuraturasiga topshirilgan. Agar futbolchi ushbu ishda aybdor deb topilsa, 4 yilgacha futboldan chetlatilishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting