«An Nasr» Inigo Martines transferini rasmiy e'lon qildi
Photo: Getty Images
Saudiya Arabistonining "An Nasr" klubi "Barselona" himoyachisi Inigo Martinesni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, ispaniyalik 34 yoshli futbolchi bilan 2026 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolandi. Shuningdek, o‘zaro kelishuvga ko‘ra bitim muddatini yana uzaytirish imkoni mavjud.
Inigo erkin agent sifatida saudiya klubi futbolchisiga aylandi. Martines o‘tgan mavsum "Barselona" tarkibida La Liganing 28 uchrashuvida maydonga tushdi va 4 ta assist muallifiga aylandi.
Bahrom Bobonov
Redaktor