Alonso: «Ushbu oʻyinda qanday oʻynashimiz kerakligini bilamiz»
«Real Madrid» bosh murabbiyi Xabi Alonso La Liga 14-tur uchrashuvi arafasida fikr bildirdi. Bugun, 30 noyabrda, madridliklar «Jirona» bilan toʻqnash keladi.
«Biz ushbu o‘yinda qanday o‘ynashimiz kerakligini va safarda g‘alaba qozonish imkoniyatimiz borligini bilamiz. Albatta, ketma-ket shuncha safar o‘yinlari o‘tkazish biroz noodatiy. Biz ketma-ket Chempionlar Ligasi va La Liga o‘yinlarini safarda o‘tkazdik, lekin peshqadamligimizni saqlash uchun yana uch ochko olishimiz kerak. Bu bizning maqsadimiz. Jamoa yaxshi ahvolda, ba’zi futbolchilar qaytib keldi va eng yaxshi formadalar», — dedi Alonso.
Hozirgi vaqtda «Real» 13-turdan soʻng La Liga turnir jadvalida 32 ochko to‘plab, ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Jirona» esa 18-o‘rinda, jamoa hisobida 11 ochko mavjud. Turnir jadvalida «Barselona» 14 o‘yindan so‘ng 34 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.