Alonso: «Har doim jamoa bir butun ekanini his qilganman»
«Real Madrid» bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa ichidagi kayfiyat haqida gapirdi.
«Har doim jamoa bir butun ekanini his qilganman, biz hammamiz maqsadimiz nima ekanini tushunamiz: oxirigacha borish va hamma narsani yutish imkoniyatini saqlab qolish.
Ba’zi odamlar nima deyishi yoki nima xohlashidan qat’iy nazar, biz ichkarida juda birlashganmiz. Birga harakat qilamiz», — deydi Alonso.
Madridliklar navbatdagi uchrashuvni bugun, 30 noyabr kuni, «Jirona»ga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.
Oxirgi to‘rtta o‘yinda «Real» faqat bir marta g‘alaba qozongan. La Liga jadvalida madridliklar ikkinchi o‘rinda bormoqda, «Barselona»dan ikki ochko orqada va bitta o‘yini zaxirada qolgan.