locale OZ

Allegri Dushan Vlahovichni “Milan”da ko'rmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Allegri Dushan Vlahovichni “Milan”da ko'rmoqchi
FOTO: Getty Images

“Milan”ning yangi bosh murabbiy Massimiliano Allegri rahbariyatdan serbiyalik hujumchi Dushan Vlahovichni sotib olishni so'ramoqda. Bu haqda Calciomercato nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, italiyalik mutaxassis Vlahovichning nomzodiga shaxsan qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, “Milan” va “Yuventus” himoyachi Andrea Kambiyasoning transferi borasida bir necha kundan beri aloqada bo'lib turibdi va tez orada serbiyalik forvard ham ushbu kelishuvga qo'shilishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Vlahovich o'tgan mavsum barcha turnirlarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 45 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting