locale OZ

“Al-Hilol” Teo Ernandesga rad etib bo'lmas taklif yubordi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Al-Hilol” Teo Ernandesga rad etib bo'lmas taklif yubordi
FOTO: Getty Images

Saudiyaning “Al-Hilol” klubi “Milan”ning chap qanot himoyachisi Teo Ernandesning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda jurnalist Pablo Oliveyra xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Al-Hilol” milanliklarga 27 yoshli futbolchining ehtimoliy transferi uchun 20 million yevro taklif qilmoqda.

Shu bilan birga, saudiyaliklar himoyachining o'zi uchun yiliga 18 million yevro maosh to'lashga tayyor. Ernandesning “Milan”dagi hozirgi maoshi 4 million yevroni tashkil qiladi.

Ma'lumot uchun, Ernandes o'tgan mavsum barcha turnirlarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 40 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting