locale OZ

Aleksandr Xomyakov: “Jamoaga hech qanday e'tirozim yo'q”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Aleksandr Xomyakov: “Jamoaga hech qanday e'tirozim yo'q”
PHOTO: Telegram
O‘zbekiston Superligasi
26.04.2025, Yak.
So'g'diyona
1
Andijon
0

“So'g'diyona” – “Andijon” (1:0) o'yindan keyin tashkil qilingan matbuot anjumanida jamoamiz bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.

- Bugun yomon o'yin ko'rsatmadik, deb o'ylayman. Vaholanki, uchrashuv uchun qo'yilgan rejalarni deyarli bajardik. Lekin natija ko'ngildagidek chiqmadi. To'pni ham o'zimizda nazorat qildik va maydonda yomon ko'rinmadik. Shunchaki, bir vaziyatda himoyada biroz e'tiborsizlikka yo'l qo'yganimiz evaziga darvozamizdan gol o'tkazib yubordik. Yutqazdik, albatta, bu alam qiladi. Jamoaga hech qanday e'tirozim yo'q. Ketma-ket uchta uchrashuvni o'tkazdik. Bu katta bosim. Futbolchilarni ham to'g'ri tushunish kerak. Ayniqsa, oxirgi ikkita uchrashuv juda og'ir kechdi. O'yinchilarga ham oson emas. Qisqa fursat oralig'ida tiklanishlari va navbatdagi o'yinni o'tkazishi uchun maydonga tushishlari kerak. Nima ham qilardik? Bo'shashmasdan yo'limizda davom etamiz va oldinga intilishga harakat qilamiz.

- Bugun Uskokovich o'ynamadi. Holbuki, u ketma-ket gollar urayotgandi. Bu rotasiya tufaylimi?

- Ketma-ket uchta o'yin – bu katta “nagruzka”. Oldimizda yana ikkita og'ir uchrashuv turibdi. Shu bois Uskokovichga o'zini tiklab olish imkonini berishga qaror qildik. SHuni aytishim kerakki, bizda o'yinchilar yetarli va bu ularni vaqti-vaqti bilan o'zgartirish imkonini beradi. Garchi, hisobda ortda qolgan bo'lsak-da, bugun o'yinning ko'p jabhalarida raqibdan yaxshiroq ko'rindik. Ammo kiritilgan gol bizni biroz qiyin holatga solib qo'ydi. Holbuki, namoyish etgan o'yinimiz bilan mag'lubiyatga munosib emasdik.

- “Paxtakor” ustidan erishilgan g'alabadan keyin jamoangizning natijalari keskin qoniqarsiz tus oldi. Buning sababi nimada?

- Bu holat o'zimni ham xursand qilayotgani yo'q. Hatto, uyimizda “Dinamo”ga osonlikcha ochkolarni tortiq qilib yubordik. Bugun esa jizzaxliklar uch ochko uchun qattiq kurashishdi va maqsadiga yetishishdi ham. Afsuski, oxirgi paytlarda biz osonlik bilan ochko ulashmoqdamiz. Gapingizda jon bor, jamoa o'yinida pasayish yuzaga keldi. O'z navbatida bu hol meni ham xavotirga solyapti. Lekin bugungi o'yinimiz yomon chiqmadi, nazarimda. Baxtga qarshi hujumlarni yakunlashga kelganda oqsayapmiz. Agar bugun yuzaga kelgan imkoniyatlarning yarmidan foydalanganimizda ham hisob butunlay boshqacha bo'lardi. Afsuski, bu futbol. Futbolda esa o'zing xohlamagan natijalar ham bo'lib turar ekan. To'g'ri aytdingiz, yaxshi natijaga erishgandik, ammo shundan keyin jamoani ishlari yurishmayapti. Imkoniyatlarimizdan foydalanganimizda boshqacha bo'lardi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting