locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Aleksandr Xomyakov: “Andijon”dek klubni boshqarish men uchun haqiqiy sharaf bo‘ldi”

Futbol 06 may 2025 da 10:29
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Aleksandr Xomyakov: “Andijon”dek klubni boshqarish men uchun haqiqiy sharaf bo‘ldi”
Photo: Andijan PFC

“Andijon” jamoasi bosh murabbiyligidan ketgan mutaxassis Aleksandr Xomyakov klub matbuot xizmatiga quyidagilarni ma’lum qildi:

“Andijonga chin ko‘nglimdan omad va muvaffaqiyat tilab qolaman! Umid qilamanki, Andijonda bundan keyin ham futbol rivojlanishda, klubni esa nafaqat mamlakatda, balki xalqaro arenalarda ham taniy boshlashlari davom etadi.

Hurmatli muxlislar, jamoada ishlagan vaqtim davomida meni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun katta rahmat aytmoqchiman!!! Ayniqsa, O‘zbekiston Kubogi finalida birga boshdan o‘tkazgan his-hayajonlarni umrboqiy esimdan chiqara olmayman. O‘sha muvaffaqiyat sizlarning ko‘magingiz orqali amalga oshdi, deya hech ikkilanmay aytmoqchiman. Barchangizga rahmat! Sizlar dunyodagi eng zo‘r fanatlarsiz!

Shak-shubhasiz, butun murabbiylar shtabi, tibbiy xodimlar, ma’murlar, matbuot xizmati vakillari, U-21 hamda U-19 murabbiylari, akademiya murabbiylari, maydonni parvarishlayotgan xodimlar, oshpazlar, barcha ishchilarga va umuman o‘tgan vaqt mobaynida meni qo‘llab-quvvatlab kelgan hamma insonlarga minnatdorlik bildiraman. Maydondagi natijalarga hamma birdek daxldor bo‘ldi, deb baralla ayta olaman. Futbolchilarga rahmat.

Ularning har birini qadrlayman va fursatdan foydalanib, ish jarayonida kimlargadir qattiq tekkan, dilini og‘ritgan bo‘lsam, uzr so‘rayman. Barcha harakatlar maydonda yaxshi natijalarga erishish uchun qaratilgandi. Keyingi o‘yinlarda klubga omad tilab qolaman.

Darhaqiqat, Andijon viloyati rahbariyati, “Uzavtosanoat” AJ direktorlar kengashiga menga bildirgan ishonchi uchun alohida minnatdorlik bildiraman. "Andijon"dek klubni boshqarish men uchun haqiqiy sharaf bo‘ldi. Omon bo‘linglar”, - dedi Xomyakov klub matbuot xizmati bilan suhbatda.

Ta’kidlash kerakki, Aleksandr Andreevich, jamoaga 2022 yilning 15 dekabr kuni rasmiy bosh murabbiy etib tayinlandi va shu kungacha chempionat hamda O‘zbekiston Kubogi bahslarida jami 72 ta o‘yinda jamoani boshqardi. Shundan 26 ta g‘alaba, 21 durang va 25 mag‘lubiyat qayd etildi. Uning boshchiligida to‘plar nisbati bo‘yicha 95 ta gol urildi va 85 ta to‘p o‘tkazib yuborildi.

Xomyakov bosh murabbiyligida “Andijon” klubi o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi. 2023 yilda Superligada yilning ramziy jamoasida eng yaxshi murabbiy deb e’tirof etildi.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting