locale OZ

\"Al Nasr\" Jon Duranni maydon tashqarisidagi muammolar tufayli ijaraga berishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Al Nasr" Jon Duranni maydon tashqarisidagi muammolar tufayli ijaraga berishi mumkin
Photo: Getty Images

Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubi hujumchisi Jon Duran jamoani vaqtincha tark etishi mumkin.

Arab nashrlariga ko‘ra, klub rahbariyati 21 yoshli kolumbiyalik futbolchining psixoemotsional holati va texnik tayyorgarligi yomonlashgani bilan bog‘liq shaxsiy sabablarga ko‘ra uni ijaraga berishni ko‘rib chiqmoqda.

Shuningdek, Duran shaxsiy muammolari uning maydondagi barqarorligiga taʼsir qilayotganidan xavotirda. Shu bilan birga, futbolchining "Al-Nasr"dagi yillik maoshi 22 million dollar atrofida.

Duran Saudiya Arabistoni klubiga 2024 yil yanvar oyida "Aston Villa"dan 77 million yevro evaziga o‘tgan edi. Joriy mavsum u Saudiya Arabistoni chempionatida 13 o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shunga qaramay, hozircha uning ingliz klubiga qaytishi borasida muzokaralar olib borilmayapti.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting