«Al Hilol» Robert Levandovskiga yiliga 90 million yevro maosh taklif qilmoqda
Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubi «Barselona» hujumchisi Robert Levandovskini o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Sportowe Fakty nashrining xabar berishicha, futbolchiga yiliga 90 million yevro maosh ko‘zda tutilgan shartnoma taklif etilgan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, polshalik hujumchi kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmasligi mumkin. Bunga klub tomonidan uning o‘yin vaqti qisqartirilishi va ish haqi kamaytirilishi haqidagi takliflar sabab bo‘lmoqda. Bunday vaziyatda Levandovski «Al Hilol»ning taklifini jiddiy ko‘rib chiqmoqda va katta ehtimol bilan uni qabul qiladi.
Robert Levandovski 2022 yilning yozidan buyon «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha turnirlar doirasida 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Transfermarkt portali 37 yoshli hujumchining bozor qiymatini 8 million yevroga baholamoqda.