Akmal Rustamov: \"Yigitlarga rahmat aytaman. Maydonda bor kuchlari bilan harakat qilishdi\"
"Qizilqum" - "Neftchi" (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Akmal Rustamov o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Andijon"dagi og‘ir uchrashuvdan so‘ng "Neftchi"ga qarshi tayyorgarlikni boshladik. "Neftchi"ni O‘zbekistonning eng kuchli, shakllangan jamoalaridan biri deb hisoblayman. Shu bois, ushbu bellashuvga taktik jihatdan bir qator o‘zgarishlar kiritdik. Bu kabi bahslarda birgina gol o‘yin taqdirini hal qilib qo‘yishi mumkin. Mehmonlar o‘z imkoniyatlaridan foydalana olishdi. O‘z navbatida biz ham o‘yin oxirida ularga javob qaytarishga ulgurduk.
Yigitlarga rahmat aytaman. Maydonda bor kuchlari bilan harakat qilishdi. Birinchi davraning so‘nggi uchrashuvini G‘uzorda "Sho‘rtan"ga qarshi o‘tkazamiz. Nasib etsa, bu bellashuvda muxlislar kutgan natijani qayd etishga harakat qilamiz", - deydi Rustamov.