Akmal Mozgovoy \"Nasaf\" bilan xayrlashdi
Photo: Nasaf PFk
“Nasaf” yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy jamoa muxlislari bilan xayrlashdi.
26 yoshli futbolchi Superliga 15-turidan o‘rin olgan “Dinamo”ga qarshi bahsdan so‘ng “ajdarlar” muxlislari o‘tirgan sektorga borib, ular bilan xayrlashdi.
Mozgovoy 8 yil davomida “Nasaf” klubi sharafini himoya qilib, bu vaqt davomida O‘zbekiston chempioni, kubogi va Superkubogida g‘olib chiqdi.
Endilikda u faoliyatini BAAning “Baniyas” klubida davom ettirishi kutilmoqda. Klub Mozgovoyning transferini sotib olganligi xabar qilindi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist