locale OZ

Abbos Otaxonov \"Xorazm\"ga o'tadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abbos Otaxonov "Xorazm"ga o'tadi
Photo: Getty Images

O‘tgan mavsumni Tailandning "Muangthong United" klubida o‘tkazgan tajribali himoyachi Abbos Otaxonov ikkinchi davrada Superligada o‘ynaydi.

29 yoshli futbolchi "Xorazm" bilan kelishuvga erishgan. Hakim Fuzaylov davralar oralig‘ida himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida "Paxtakor" tarbiyalanuvchisini jamoaga olib kelishga qaror qilgan.

Ma’lumot uchun, Abbos avvalroq "Xorazm" klubi direktori Ro‘zimboy Ahmedov bilan "Buxoro" safida to‘p tepgan. U faoliyati davomida "Navbahor", "Metallurg" va OKMK klublarida ham harakat qilgan.

Himoyachi o‘tgan mavsumda Tailand chempionatida 27 o‘yinda 2 gol va 1 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Jamoasi turnir jadvalida 6-o‘rinni egallagan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting