A Seriya. «Roma» va «Inter» bahsida jangovar durang qayd etildi
Italiya A Seriyasining 2026/27-yilgi mavsumi 5-turidan o‘rin olgan "Roma" — "Inter" uchrashuvi yakunlandi. Rimdagi "Olimpiko" stadionida o‘tgan bahs 2:2 hisobidagi durang bilan tugadi.
Hisob 6-daqiqada ochildi. "Roma" yarim himoyachisi Manu Kone jamoasini oldinga olib chiqdi. 37-daqiqada Kone yana bir bor gol urib, dubl qayd etdi.
Ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan "Inter" javob qaytardi. 46-daqiqada Lautaro Martines hisobni qisqartirdi. 79-daqiqada esa argentinalik hujumchi o‘zining ikkinchi golini urib, yakuniy hisobni o‘rnatdi — 2:2.
Besh turdan keyin "Roma" 13 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. "Inter" ham 13 ochko jamg‘argan, ammo qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ikkinchi pog‘onada bormoqda.