A Seriya. «Napoli» safarda «Torino»ga yutqazib qoʻydi
Italiya A Seriyasi 7-turidan o'rin olgan bahsda «Napoli» safarda «Torino» mehmoni boʻldi va minimal hisobda magʻlubiyatga uchradi.
Bellashuvdagi yagona gol 32-daqiqada Jovanni Simeone tomonida kiritildi.
Shu tariqa, «Napoli» ushbu natijadan soʻng turnir jadvalidagi peshqadamligini yo'qotishga yaqin turibdi. Neapolliklar hisobida 15 ochko bor va ularni xuddi shuncha ochko bilan «Roma» ta’qib qilib kelmoqda.
«Torino» esa ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 8 taga yetkazib, onlayn turnir jadvalida 13-o‘ringa koʻtarilib oldi.
A Seriya. 7-tur
«Torino» — «Napoli» 1:0
Gol: Simeone (32).
Torino — Israel, Tamez, Maripan, Koko, Pedersen, Kazadei, Aslani (Ismaili, 84), Nkunku (Biragi, 75), Vlashich (Gineytis, 75), Simeone (Ngonge, 62), Adams (Sapata, 84).
Napoli — Milinkovich-Savich, Di Lorenso, Bekema, Jezus (Buonjorno, 63), Oliveyra (Lang, 63), Gilmur (Elmaz, 82), Neres (Politano, 74), Angissa, De Bryuyne, Spinassola, Lukka (Ambrozino, 74).