A Seriya. «Napoli» safarda «Lechche»ni magʻlub etib, peshqadamligini mustahkamladi
Italiya A Seriyasi 9-turidan oʻrin olgan bahsda «Napoli» safarda «Lechche» mehmoni boʻldi va minimal hisobda gʻalaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona gol 69-daqiqada Frank Angissa tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, «Napoli» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 21 taga yetkazib, turnir jadvalida peshqadamligini mustahkamlab oldi. «Lechche» esa 6 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda.
A Seriya. 9-tur
«Lechche» — «Napoli» 0:1
Gol: Angissa (69).
Lechche – Falkon, Veyga, Gaspar, Gabriel, Kulibali, Gallo, Ramadani, Berisha, Piyerotti (Tete, 46), Kamarda (Stulishch, 70), Banda (Ndri, 65).
Napoli – Milinkovich-Savich, Di Lorenso, Buonjorno, Jezus, Olivera (Spinassola, 61), Angissa, Elmas, Gilmur, Politano (Maktominay, 61), Lukka (Hoylund, 61), Lang (Neres, 48).