A Seriya. «Napoli» safarda «Bolonya»ga yutqazib, peshqadamlikni boy berdi
Italiya chempionatining 11-tur oʻyinlari davom ettirildi.
FOTO: Getty Images
Italiya A seriyasi
09.11.2025, Yak.
Bolonya
2
Napoli
0
Italiya A Seriyasining 11-turida «Bolonya» o‘z maydonida «Napoli»ni qabul qilib, 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Uchrashuvning birinchi boʻlimi golsiz yakunlangan boʻlsa, tanaffusdan soʻng mezbonlar tashabbusni oʻz qoʻliga oldi. 50-daqiqada Teys Dallinga hisobni ochdi, 66-daqiqada esa himoyachi Jon Lukumi ustunlikni mustahkamladi.
Shu tariqa, «Bolonya» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 21 taga yetkazib, turnir jadvalida 5-o‘ringa koʻtarilib oldi. «Napoli» esa 22 ochko bilan 2-o‘rinda qolmoqda.
A Seriya. 11-tur
«Bolonya» — «Napoli» 2:0
Gollar: Dallinga (50), Lukumi (66).
Nasrullo Karimov
Jurnalist