A Seriya. «Napoli» o‘z maydonida «Inter»ni magʻlub etib, 1-o‘ringa koʻtarildi
Italiya A Seriyasining 8-turidan oʻrin olgan «Napoli» va «Inter» oʻrtasidagi markaziy bahs boʻlib oʻtdi va unda mezbonlar 3:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Dastlab Kevin De Bryuyne 33-daqiqada penaltidan hisobni ochdi. 54-daqiqada Skott Maktominey jamoasining ustunligini mustahkamladi.
59-daqiqada «Inter» Xoqon Chalxano'g'luning goli evaziga hisobni qisqartirdi. Biroq 67-daqiqada Frank Zambo Angissa neapolliklarning uchinchi golini kiritdi.
Shu tariqa, «Napoli» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 18 taga yetkazib, turnir jadvalida peshqadamlikni qoʻliga oldi. «Inter» esa 15 ochko bilan uchinchi oʻrinda bormoqda.
A Seriya. 8-tur
«Napoli» — «Inter» 3:1
Gollar: De Bryuyne (33), Maktominey (54), Angissa (67) — Chalxano‘g‘lu (59).
Napoli — Milinkovich-Savich, Di Lorenso, Buonjorno (Bekema, 90), Jezus, Spinassola (Gutiyerres, 90), Gilmur, Politano (Elmaz, 82), Angissa, De Bryuyne (Olivera, 37), Maktominey, Neres (Lang, 82).
Inter — Zommer, Akanji, Acherbi, Bastoni, Dumfris (Luis Enrike, 73), Dimarko, Barella (Frattezi, 73), Chalxono‘g‘li (Suchich, 73), Mxitaryan (Zelinski, 32), Martines, Bonni (Espozito, 62).