locale OZ

A Seriya. «Napoli» autsayder «Piza»ni yirik hisobda mag'lub etdi

Konte jamoasi 73 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya. “Napoli” autsayder “Piza”ni yirik hisobda mag'lub etdi
ФОТО: Getty images
Italiya A seriyasi
17.05.2026, Yak.
Pisa
0
Napoli
3

Italiya A Seriyasining 37-turi doirasida Antonio Konte shogirdlari navbatdagi muhim g‘alabani qo‘lga kiritishdi. "Napoli" klubi safarda "Piza" mehmoni bo‘lib, raqiblarini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Mehmonlar tarkibida gollarni shotlandiyalik yarim himoyachi Skott Maktominay, himoyachi Amir Rrahmani hamda hujumchi Rasmus Xyoylund raqib darvozasiga yo‘llashdi.

A Seriyaning 37-turidan so‘ng "Piza" 18 ochko bilan Italiya chempionati jadvalida 20-o‘rinni egallab turibdi. "Napoli" esa 73 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

A Seriya. 37-tur

“Piza” — “Napoli” — 0:3

Gollar: Skott Maktominay 21 (0:1), Amir Rrahmani 27 (0:2), Rasmus Xyoylund 90 (0:3).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting