A Seriya. \"Milan\" safarda \"Jenoa\"dan ustun keldi
Photo: Getty Images
Italiya chempionatining 35-turida “Milan” mehmon bo‘lib, “Jenoa” ustidan g‘alaba qozondi.
Dastlab mezbonlar 61-daqiqada Vitinyaning goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Keyinchalik Leau 76-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Oradan bir daqiqa o‘tib, Frendrup avtogol muallifiga aylandi.
Natijada “Milan” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu muvaffaqiyatdan so‘ng jamoa ochkolari sonini 57 taga yetkazib, 7-o‘rinda bormoqda. “Jenoa” esa 39 ochko jamg‘argan holda 13-pog‘onada qoldi.
A Seriya. 35-tur
“Jenoa” 1:2 “Milan”
Gollar: Vitinya 61 – Leau 76, Frendrup 77 (avtogol)
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist