A Seriya. «Milan» «Parma»ga qarshi oʻyinda tayyor gʻalabani qoʻldan chiqardi
Italiya A Seriyasining 11-turidan oʻrin olgan bahsda «Milan» safarda «Parma» mehmoni boʻldi va yakunda tomonlar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekishdi.
Dastlab mehmonlar Aleksis Salemakers va Rafael Leauning gollari evaziga oldinga chiqib olgandi.
Biroq «Parma» oʻzini tiklab olib, Adrian Bernabe va Enriko Del Pratoning gollari evaziga magʻlubiyatdan qutulib qoldi.
Shu tariqa, «Milan» ushbu natijadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 22 taga yetkazib olib, onlayn turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Parma» esa 8 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda.
A Seriya. 11-tur
«Parma» — «Milan» 2:2
Gollar: Bernabe (45+1), Del Prato (62) — Salemakers (12), Leau (pen. 25).
Parma – Suzuki, Bernabe (Ernani, 80), Britsji, Kutrone, del Prato, Keyta, Lovik (Valeri, 69), Ndiaye (Troilo, 46), Pellegrino, Sorensen, Valenti.
Milan – Menyan, de Vinter, Estupinan (Bartesagi, 71), Fofana, Gabbia, Modrich, Nkunku (Loftus-Chik, 60), Pavlovich, Richchi (Pulishich, 71), Leau, Salemakers.