locale OZ

A Seriya. «Milan» o‘z maydonida yutqazib qo‘yib, YCHL uchun yo‘llanmasiz qoldi

Allegri jamoasi Yevropa ligasida ishtirok etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya. “Milan” o‘z maydonida yutqazib qo‘yib, YECHL uchun yo‘llanmasiz qoldi
ФОТО: Getty images
Italiya A seriyasi
24.05.2026, Yak.
Milan
1
Calyari
2

Italiya chempionatining 38-turida “Milan” klubi o‘z maydonida “Kalyari”ga kutilmaganda mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuvda hisobni milanliklar hujumchisi Aleksis Salemakers ochdi — u o‘yin 2-daqiqasida gol urdi. 20-daqiqada esa “Kalyari” hujumchisi Jennaro Borrelli hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda, 57-daqiqada mehmonlar himoyachisi Xuan Rodriges o‘z jamoasini oldinga olib chiqdi.

Italiya chempionatining 38 ta o‘yinidan so‘ng “Kalyari” 43 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 14-o‘rinni egalladi.

“Milan” esa 70 ochko to‘plab, Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi.

A Seriya. 38-tur
“Milan” – “Kalyari” 1:2
Gollar:
Salemakers 2 – Borrelli 20, Rodriges 57

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting