A Seriya. «Milan» — «Napoli» 2:1 (video sharh)
O'yindagi gollar va xavfli vaziyatlarni tomosha qiling.
ФОТО: Getty images
Italiya chempionatining 5-turidan o‘rin olgan "Milan" va "Napoli" jamoalari o‘rtasidagi bahsda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Hisobni uchinchi daqiqada milanlik hujumchi Alexis Salemaekers ochdi. 31-daqiqada "qizil-qoralar" hujumchisi Christian Pulisic farqni ikki golga yetkazdi.
Ikkinchi bo‘limda maydon egalari himoyachisi Pervis Estupinyan jarima maydonida qoida buzganligi uchun maydondan chetlatildi. "Napoli" yarim himoyachisi Kevin De Bruyne 60-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi.
O'yindagi gollar va xavfli vaziyatlarni tomosha qiling.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist