A Seriya. «Komo» mehmonda g‘alaba qozonib, YCHLga yo‘llanma oldi
Italiya chempionatining 38-turida "Kremoneze" va "Komo" jamoalari o‘zaro bellashdi. Bu bahsda mehmonlar 4:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvdagi ilk golni "Komo" hujumchisi Xesus Rodrigez 36-daqiqada kiritdi. 51-daqiqada forvard Anastasios Duvikas mehmonlar ustunligini ikki baravarga oshirdi. 55-daqiqada esa "Kremoneze" hujumchisi Federiko Bonatszoli penaltini aniq amalga oshirib, hisobni qisqartirdi.
71-daqiqada maydon egalari safidan hujumchi Milan Djurich va yarim himoyachi Alberto Grassi qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Oradan bir daqiqa o‘tib, 72-daqiqada hujumchi David Okerike ham o‘yindan chetlatildi. 74-daqiqada "Komo" futbolchisi Lukas Da Kunja jamoasining uchinchi golini urdi va yetti daqiqa o‘tib dubl rasmiylashtirdi. Uchrashuv 4:1 hisobida yakunlandi.
Shu tariqa, "Komo" 71 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egalladi va Chempionlar ligasiga yo‘llanma oldi. "Kremoneze" esa 34 ochko bilan 18-pog‘onada qoldi va kelasi mavsumni B Seriyada o‘tkazadi.
A Seriya. 38-tur
Kremoneze — Komo 1:4
Gollar: Bonatszoli (55, penalti) — Rodrigez (36), Duvikas (51), Da Kunja (74 penalti, 81).