A Seriya. Inter so'nggi turda Bolonya bilan durang o'ynadi
Italiya A seriyasining so'nggi 38-turidan o'rin olgan Bolonya hamda Inter bahsi bo'lib o'tdi.
Gollarga boy kechgan qarama-qarshilikda 3:3 hisobi qayd etildi. O‘yindagi hisobni 22-daqiqada milanliklar himoyachisi Dimarko ochdi.
Oradan uch daqiqa o‘tib, «Bolonya» hujumchisi Bernardeski muvozanatni tikladi. 42-daqiqada yarimhimoyachi Pobega maydon egalarini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda, 48-daqiqada «Inter»dan Zelinski to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi.
64-daqiqada mehmonlar hujumchisi Espozito jamoasining uchinchi golini urdi. 87-daqiqada «qora-ko‘klar» yarimhimoyachisi Andi Diuf hisobni tenglashtirdi.
Shu tariqa, «Bolonya» 38 ta uchrashuvdan keyin 56 ochko bilan A Seriya jadvalida sakkizinchi o‘rinni egalladi. Chempionlikni muddatidan avval ta’minlagan «Inter» esa 87 ochko mavsumni tamomladi.
A Seriya. 38-tur
Bolonya – Inter 3:3
Gollar: Dimarko 22 (0:1), Bernardeski 25 (1:1), Pobega 42 (2:1), Zelinski 48 (3:1, avtogol), Espozito 64 (3:2), Diuf 87 (3:3).
Bolonya: Skorupski, Joau Mariu, Lukumi, Xeggem, Miranda, Froyler, Moro, Bernardeski, Fergyuson, Rou, Kastro.
Inter: Martines, Bissek, Acherbi, Bastoni, Luis Enrike, Diuf, Suchich, Mxitaryan, Kokki, Espozito, Martines.