A seriya. «Inter» safarda «Kalyari»dan ustun keldi
Kivu shogirdlari 3-o‘ringa ko‘tarildi.
ФОТО: Getty images
Italiya A seriyasi 5-turida “Inter” safarda “Kalyari”ga qarshi o‘ynadi.
Bahs 2:0 hisobida Kivu shogirdlari g‘alaba qozondi. Gollar Lautaro Martines va Franchesko Esposito hisobiga yozildi.
Shu tariqa, “Inter” joriy mavsumdagi ochkolarini to‘qqiztaga yetkazdi va turnir jadvalida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. “Kalyari” esa yetti ochko bilan A seriyaning to‘qqizinchi pog‘onasida joylashmoqda.
Italiya — A seriya. 5-tur
27 sentabr 2025 yil, shanba.
Kalyari (Kalyari) — Inter (Milan) - 0:2
Gollar: 0:1 — Martines (9'), 0:2 — Esposito (82')
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist