locale OZ

A Seriya. «Inter» qiyinchilik bilan «Verona»ni magʻlub etdi

Hal qiluvchi gol soʻnggi daqiqalarda kiritildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya. «Inter» qiyinchilik bilan «Verona»ni magʻlub etdi
FOTO: Getty Images
Italiya A seriyasi
02.11.2025, Yak.
Verona
1
Inter
2

Italiya A Seriyasining 10-turidan oʻrin olgan bahsda «Inter» safarda «Verona» mehmoni boʻldi va yakunda 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Dastlab Piotr Zelinski 16-daqiqada hisobni ochdi. 40-daqiqada Jovani muvozanatni tikladi.

Ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqalarda esa Martin Freze kutilmaganda oʻz darvozasini ishgʻol qilib qoʻydi.

Shu tariqa, «Inter» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 21 taga yetkazib, onlayn turnir jadvalida ikkinchi oʻringa koʻtarilib oldi. «Verona» esa 5 ochko bilan 19-o‘rinda bormoqda.

A Seriya. 10-tur

«Verona» — «Inter» 1:2

Gollar: Jovani (40) — Zelinski (16), Freze (avtogol, 90+3).

Verona — Montipo, Bella-Kotchap, Nelsson, Freze, Belghali, Akpa Akpro (88. Xarroui), Gagliardini, Bernede (73. Niasse), Bradarich, Jiovane (80. Sarr), Orban (73. Mosquera).

Inter — Zommer, Akanji, Bishek, Bastoni, Luis Enrike (55. Dumfris), Sushich, Chalxanog‘lu, Ziyelinski (55. Barella), Karlos Avgusto (65. Dimarko), Bonni (55. Esposito), Lautaro Martines.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting