locale OZ

A Seriya. «Inter» o‘z maydonida «Verona» bilan durang o‘ynadi

Har ikkala gol mehmonlar hisobiga yozildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya. «Inter» o‘z maydonida «Verona» bilan durang o‘ynadi
ФОТО: Getty images
Italiya A seriyasi
17.05.2026, Yak.
Inter
1
Verona
1

Italiya A Seriyasining 2025/2026 yilgi mavsumi 37-turidan o‘rin olgan Milanning “Inter” va “Verona” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga yetdi.

Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Dastlabki golni Andrias Edmundsson kiritdi — mehmonlar himoyachisi ikkinchi bo‘lim boshida, 47-daqiqada o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida, 90+1-daqiqada esa “Verona” hujumchisi Kiron Boui hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

“Verona” 37 ta o‘yindan so‘ng Seriya A turnir jadvalida pastdan ikkinchi — 19-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa hisobida 21 ochko mavjud. Muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirgan “Inter” esa 86 ochko bilan birinchi pog‘onada bormoqda.

Italiya — A Seriya. 37-tur

“Inter” — “Verona” — 1:1

Gollar: 1:0 – 47' Edmundsson (avtogol), 1:1 – 90+1' Boui

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting