A Seriya. «Inter» o‘z maydonida «Latsio»ni ishonchli hisobda magʻlub etib, peshqadamga aylandi
Italiya A Seriyasining 11-turidan oʻrin olgan bahsda «Inter» oʻz maydonida «Latsio»ni qabul qilib, yakunda 2:0 hisobida ishonchli gʻalabaga erishdi.
Dastlab hisob 3-daqiqada Lautaro Martines tomonidan ochildi. 61-daqiqada esa Ange-Yoan Bonni oradagi farqni ikkataga yetkazdi.
Shu tariqa, «Inter» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 24 taga yetkazib, turnir jadvalida birinchi oʻringa koʻtarilib oldi. «Latsio» esa 15 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.
A Seriya. 11-tur
«Inter» — «Latsio» 2:0
Gollar: Martines (3), Bonni (61).
Inter — Zommer, Acherbi, Akanji, Bastoni, Dumfris (Augusto, 56), Dimarko, Suchich (Zelinski, 56), Barella, Chalxono‘g‘li (Frattezi, 81), Martines (Tyuram, 71), Bonni (Espozito, 81).
Lasio — Provedel, Bashich, Genduzi, Hila, Dia (Pedro, 65), Isaksen (Noslin, 65), Kataldi (Vesino, 65), Lazzari (Pellegrini, 68), Marushich, Romanioli (Provstgaard, 75), Zakkani.