locale OZ

A Seriya. \"Como\" ketma-ket oltinchi o‘yinda g‘alaba qozondi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya. "Como" ketma-ket oltinchi o‘yinda g‘alaba qozondi
Photo: Getty Images

Sesk Fabregas boshchiligidagi Italiya "Como" futbol klubi ketma-ket oltita A Seriya o‘yinida g‘alaba qozondi.

A Seriyaning 36-tur uchrashuvida "Como" klubi "Kalyari"ni qabul qilib, 3:1 hisobida zafar quchdi. Bahs davomida Fabregas shogirdlari 0:1 hisobida ortda borayotgan edi. Biroq birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida ular nafaqat javob golini, balki ikkinchi golni ham urishga muvaffaq bo‘lishdi. Ikkinchi bo‘limda esa uchinchi golni kiritib, uchrashuvda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Bu g‘alaba Fabregas jamoasi uchun ketma-ket oltinchi muvaffaqiyat bo‘ldi. Como 36 o‘yin natijasida 48 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida 10-o‘rinda bormoqda. A Seriyada jon saqlab qolish uchun kurashayotgan "Kalyari" hisobida 33 ochko bor va quyi ligaga tushib ketish zonasidan 7 ochkoga oldinda.

A Seriya. 36-tur

"Como" - "Kalyari" - 3:1 (2:1)

Gollar: Kakre, 40, Strefettsa, 45+2, Kutrone, 78 Adopo, 22

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting