locale OZ

Usik JCH-2026 finalida qaysi jamoaga muxlislik qilishini aytdi

2026 yilgi jahon chempionati finalida Ispaniya va Argentina milliy jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Usik JCH-2026 finalida qaysi jamoaga muxlislik qilishini aytdi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
19.07.2026, Yak.
Ispaniya
1
Argentina
0

Ukrainalik bokschi Aleksandr Usik 2026 yilgi jahon chempionati finali oldidan qaysi terma jamoani qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

«Men Ispaniyaning g‘alaba qozonishini istayman. Portugaliya musobaqani tark etdi, shuning uchun endi Ispaniyaga muxlislik qilaman», — dedi Usik.

2026 yilgi jahon chempionati finalida Ispaniya va Argentina milliy jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Uchrashuv 19 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, Aleksandr Usik professional boksda hali mag‘lubiyatga uchramagan. Ukrainalik charmqo‘lqop ustasi faoliyati davomida o‘tkazgan 25 ta jangning barchasida g‘alaba qozongan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting