locale OZ

Skaloni: «G'alaba qozonish uchun maydonda borimizni berdik»

Argentina ustozi Ispaniyaga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Skaloni: «G'alaba qozonish uchun maydonda borimizni berdik»
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
19.07.2026, Yak.
Ispaniya
1
Argentina
0

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni 2026-yilgi jahon chempionati finalida Ispaniyaga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Hozir men qayg‘udaman, ammo eng avvalo, yigitlarga cheksiz minnatdorchilik bildirmoqchiman. Chunki bu bosqichgacha yetib kelish juda katta mehnat talab qildi. Biz g‘alaba qozonganimizda qanday munosib bo‘lsak, mag‘lubiyatni ham shunday munosib qabul qilishimiz kerak. Biz nimaga erishganimizni yoddan chiqarmaymiz.

Maydonda bor kuchimizni berdik. Biz kutmagan holda muhim pozitsiyalarda jarohatlarga duch keldik. Futbolchilar juda qattiq charchashdi, ular maydonda so‘nggi kuchlarini ham ishga solishdi», — dedi Skaloni o‘yindan keyin.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting