locale OZ

Visente del Boske: «Barcha uchrashuvlar Ispaniyaning xohishi ostida o‘tdi»

Ispaniya terma jamoasining sobiq ustozi Visente del Boske bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatidagi jamoa o‘yini haqida fikr bildirdi.
Visente del Boske: «Barcha uchrashuvlar Ispaniyaning xohishi ostida o‘tdi»
photo: gettyimages
Jahon chempionati (JCH-2026)
19.07.2026, Yak.
Ispaniya
1
Argentina
0

Ispaniya terma jamoasining sobiq ustozi Visente del Boske bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatidagi jamoa o‘yini haqida fikr bildirdi. Uning fikricha, ispanlar hozirgacha o‘zlariga teng keladigan raqibga duch kelishgani yo‘q.

«Ispaniya terma jamoasi o‘z darajasi duch kelgan raqiblarinikidan yuqori ekanligini ko‘rsatdi. U barcha o‘tkazilgan o‘yinlarni nazorat qildi va raqiblariga vaziyatlar yaratishga juda kam imkon berdi. Barcha uchrashuvlar ularning xohishi ostida o‘tdi», - dedi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, yakuniga yetib borayotgan jahon chempionatining so‘nggi uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 23:55 da boshlanadi.

JCH-2026. Final
00:00. Ispaniya — Argentina / Zo‘r TV

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting