locale OZ

\"Milan\"da mojaro! Kim qoladi va kim ketadi?

Maqolalar
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
"Milan"da mojaro! Kim qoladi va kim ketadi?
PHOTO: Google

G'azab va pir bo'lgan hafsalaga to'la uzun tun. “Milan” bu mavsumdagi eng katta maqsadi bo'lgan Italiya kubogini yuta olmadi.

Gap shunchaki 1:0 hisobidagi mag'lubiyat haqida emas, balki “Bolonya”ning g'alaba ishqida yonishi va amalda ham raqibdan ustunligini isbotlay olgani “Milan” uchun haqiqiy fojea edi.

Fojea bo'lganda ham raqibdan kuchliroq ekanligini oldindan bilib, lekin hamma narsadan quruq qolishni tomosha qilish uchun “Olimpiko” o'yingohiga tashrif buyurgan va stadion sektorlarini to'ldirib o'tirgan yigirma to'qqiz mingdan ziyod muhlisni ishonchiga xiyonat qilishni haqiqiy tragediya desa bo'ladi.

Xayr Konseysao! O'yindan keyingi vaziyatlar “qizil va qoralar” dunyosining salbiy hissiyotlari bo'roniga aylandi, haqiqiy bo'ron! Avvaliga bosh murabbiy Serxio Konseysaoning sobiq “Milan”chi Kalabria bilan qo'l berib ko'rishmagani, keyinroq esa ikkinchi o'rin uchun berilgan medalni bo'yniga taqib olmaganini o'zi uning asablari joyida emasligini sezish uchun kifoya edi.

Portugaliyalik murabbiyning “rossoneri”lar bilan bo'lgan sarguzashtlari tushkun holatda yakunlanadigan bo'ldi, chunki ligadagi so'nggi g'alabalar ham yevrokuboklar uchun yetarli bo'lmasligi deyarli aniq. Sobiq “Portu” murabbiyi mavsum ohirida “Milan”dan istefoga chiqariladi hamda bu tushunmovchiliklar, ichki janjallar, o'rtacha natijalar va hatto muhitga nisbatan yomon his-tuyg'ulardan iborat besh oylik sayohatning tugashi bo'ladi.

"Qizil-qoralar"ning mag'lubiyatida bir qancha sabablar bor. Balki, Konseysao asosiysi emasdir, lekin bu kechagi oqshomda sodir etilgan qo'pol xatolarda uning aybi yo'q degani emas. Aftidan, rahbariyat uning o'rniga italiyalik mutaxassis Allegrini olib kelishni rejalashtiryapgan ko'rinadi.

Bu omadsiz mavsum “rossoneri”lar haqida qayg'uradigan insonlarning kelajak borasidagi bahs-munozaralari uchun juda ham katta xatolarga yo'l qo'ygan boshqaruv tizimining kamchiliklarini ochib berdi. Giorgi Furlani “Olimpik”ning markazidan turib hech qanday inqilobiy o'zgarishlar bo'lmasligini aytdi. Ibrohimovichdan, Kroviskigacha, Monkadadan tortib qolgan hamma ishchilar o'z joyida qoladi.

Hozircha yangi sport direktori nomzodi bo'shligicha qolmoqda. Igli Tare allaqachon nomzodlar qatoridan o'chirilgan. Damiko hali ham yaxshi variyant, lekin "Atalanta" uni qo'yib yuborishni xohlamayapti. Ko'ramiz, balki kechagi alamli mag'lubiyat Furlani uchun qattiq ta'sir qilgan bo'lsa kimnidir ushbu lavozimga tezroq taklif qilar, balki bu Paratisi bo'lar. Bu yog'ini vaqt ko'rsatadi.

Nima deb o'ylaysiz, sizningcha “Milan”ning muammolar girdobida o'ralashib qolishiga nima sabablar bor?

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting