locale OZ

Luka Jovich \"Milan\"ni tark etadi

Maqolalar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Luka Jovich "Milan"ni tark etadi
Photo: Getty Images

Serbiyalik hujumchi Luka Jovich yozda “Milan”ni tark etadi, deb xabar bermoqda Gazzetta dello Sport.

Qayd etilishicha, “rossonerilar” 27 yoshli forvard bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan. Uning klub bilan bitimi 30 iyun kuni o‘z nihoyasiga yetadi va u erkin agent sifatida “Milan”dan ketadi.

Futbolchi xizmatiga “Cruz Azul” va “Botafogo” jamoalari qiziqish bildirmoqda. Jovich faoliyatini Amerika qit’asida davom ettirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Luka 2023 yilda “Fiorentina”dan “Milan”ga 500 ming yevro evaziga kelib qo‘shilgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting