locale OZ

Artyom Odintsov: \"Faoliyatimni boshqa chempionatda sinab ko‘rishni xohladim\"

Maqolalar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Artyom Odintsov: "Faoliyatimni boshqa chempionatda sinab ko‘rishni xohladim"
Photo: Andijan PFK

“Andijon” safiga ukrainalik 25 yoshli darvozabon Artyom Odintsov qo‘shildi. Olib borilgan muzokaralar ijobiy yakun topgach, u bilan shartnoma imzolandi.

Bunga qadar asosan Vengriya chempionatida faoliyat olib borgan Odintsovning oxirgi klubi – “Dyo‘shdyor” hisoblanadi.

Ukrainalik posbon “Andijon” bilan ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Klub matbuot xizmati esa undan dastlabki intervyuni oldi.

- Artyom, “Andijon” klubiga xush kelibsiz! Ushbu taklif haqida birinchi marta eshitganingizda nimani o‘yladingiz?

- Yodimga kelgan birinchi narsa ukrainalik darvozabon Igor Litovkaning aynan “Andijon” safida to‘p surgani bo‘ldi!

- Menimcha, muzokaralar tez yakun topdi. Bu borada sizga eng ko‘p nima yoqdi?

- Dastlabki o‘ylaganlarim shundayki, demak, ular men haqimda qiziqishganini va ular meni o‘z klubida ko‘rishni xohlashayotganligini his qildim.

- Faoliyatingizni asosan Vengriya chempionatida o‘tkazdingiz. Endilikda muhitni o‘zgartirishga nima turtki bo‘ldi?

- Vengriya klubi bilan shartnomam tugaganidan so‘ng o‘zimni boshqa chempionatda sinab ko‘rishni xohladim va yangi chaqiruvga tayyor edim.

- “Andijon” ustozingiz Maksim Shatskixni qanchalik bilasiz? U bilan birinchi marta ishlayapsiz...

- Maksim Shatskixni anchadan beri bilaman. Yoshligimda dadam bilan birga “Dinamo” Kiyev – “Shaxtyor” o‘yiniga borganmiz. O‘sha paytdan beri Maksim Aleksandrovichni bilaman. Shatskix Ukraina futboli uchun haqiqiy afsonadir. Shunday inson bilan birga ilk bor ishlayotganimdan juda xursandman, bunday mutaxassis qo‘lida faoliyat olib borayotganimdan baxtiyorman.

- 31-raqamni tanladingiz. Bu nima bilan bog‘liq?

- Sababi oddiy. Men doim 12-raqamda o‘ynaganman. Ammo bu raqam band ekan. Shu sababli yodimga 31-raqam tushdi.

- Yangi jamoangizdagi ilk taassurotlar qanday?

- Taassurotlarim zo‘r. Barcha yigitlar pozitiv holatda. Ishga juda chanqoqlar va o‘z vazifalarini sidqidildan bajaryapti.

- “Andijon”ning taklifini qabul qilishdan oldin kim bilan maslahatlashdingiz va qanday ma'lumotlarni o‘rgandingiz?

- Birinchi navbatda agentim bilan bu taklif haqida o‘ylab ko‘rdik. Keyinchalik “Qizilqum”da o‘ynayotgan do‘stim Roman Papariga bilan gaplashdim. U menga faoliyatni o‘stirish uchun O‘zbekiston chempionati juda yaxshi imkoniyat ekanligini gapirib berdi. Shuningdek, bu yerda futbol juda tez rivojlanayotganini ham aytdi. Qolaversa, yurtingizdagi odamlar juda mehmondo‘st va mehribonligini ham alohida ta’kidlab o‘tdi. U bilan gaplashganimizdan so‘ng men “Andijon” bilan shartnoma tuzishga qaror qildim va bundan xursandman.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting