locale OZ

Zirkze APLdagi uzoq muddatli golsiz seriyasiga yakun yasadi

«MYU» hujumchisi 13-turda jamoasiga gʻalaba taqdim etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Zirkze APLdagi uzoq muddatli golsiz seriyasiga yakun yasadi
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
30.11.2025, Yak.
Kristal Pelas
1
Manchester Yunayted
2

«Manchester Yunayted» hujumchisi Joshua Zirkze nihoyat Angliya Premer-ligasidagi golsiz seriyasini yakunladi. Niderlandiyalik forvard 364 kundan keyin ilk bor gol urdi va 13-tur doirasidagi «Kristal Pelas»ga qarshi uchrashuvda jamoasiga 2:1 hisobidagi g‘alabani ta’minlashga yordam berdi. Bahs Londonning «Selxerst Park» stadionida o‘tdi.

Zirkzening 54-daqiqada kiritgan goli uning APL-2025/2026 mavsumidagi birinchi goli bo‘ldi. U bungacha so‘nggi marta 2024-yil 1-dekabr kuni, o‘tgan mavsumda «Everton»ga (4:0) qarshi o‘yinda gol urgan edi.

Umuman olganda, Zirkze APLdagi faoliyati davomida 38 uchrashuvda to‘rtta gol va ikki golli uzatma qayd etgan. O‘tgan yilning iyul oyida «Manchester Yunayted» uni «Bolonya»dan 42,5 million yevro evaziga sotib olgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting