locale OZ

«MYU» standard vaziyatlardan foydalanish boʻyicha «Arsenal»ga tenglashib oldi

Mankunianliklar 13-turda «Kristal Pelas»ni magʻlub etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU» standard vaziyatlardan foydalanish boʻyicha «Arsenal»ga tenglashib oldi
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
30.11.2025, Yak.
Kristal Pelas
1
Manchester Yunayted
2

«Manchester Yunayted» 13-turda «Kristal Pelas» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan o‘yindan so‘ng standart vaziyatlardan urilgan gollar soni bo‘yicha Londonning «Arsenal»iga yetib oldi. Uchrashuv Londonning «Selxerst Park» stadionida bo‘lib o‘tdi, bahsni bosh hakam Robert Jons boshqardi.

«Qizil iblislar» ikkala golni ham yarim himoyachi Brunu Fernandesh tomonidan ijro etilgan standartlardan keyin urdi. Shu tariqa, «MYU»ning APL-2025/2026 mavsumida penaltilarsiz standartlardan kiritgan gollari soni 10 taga yetdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha «Arsenal» bilan birga mavsum yetakchisi hisoblanadi.

«Manchester Yunayted» APL turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda. Jamoa 13 o‘yinda 21 ochko to‘plagan. Yetakchi «Arsenal»dan esa 9 ochko ortda qolmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting