locale OZ

\"Yuventus\" Vlahovich bo‘yicha bir qarorga kelgan

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Yuventus" Vlahovich bo‘yicha bir qarorga kelgan
Photo: Getty Images

Turinning "Yuventus" klubi hujumchi Dushan Vlahovich bilan xayrlashmoqchi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub Vlahovich bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Uning "zebralar" bilan amaldagi bitimi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Yozda Vlahovich bo‘yicha taklif tushadigan bo‘lsa, uni sotib yuborishga tayyor. "Arsenal" va "Atletiko" esa Dushanga qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda Vlahovich "Yuve" libosida 40 ta o‘yinda 15 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting