locale OZ

“Yuventus” Jeydon Sancho uchun kurashga qo'shildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Yuventus” Jeydon Sancho uchun kurashga qo'shildi
FOTO: Getty Images

Turinning “Yuventus” klubi “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Jeydon Sanchoga taklif bilan chiqdi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “zebralar” rahbariyati klubga so'rov yuborgan va ayni paytda futbolchi “Napoli” bilan aloqada bo'lib turibdi. Chunki neapolliklar bosh murabbiyi Antonio Konte allaqachon Sancho bilan bevosita gaplashib olgan.

Eslatib o'tamiz, angliyalik futbolchi o'tgan mavsumni ijara asosida “Chelsi”da o'tkazdi. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 42 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting