locale OZ

\"Yuventus\" Gatti bilan kelishuvni uzaytirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Yuventus" Gatti bilan kelishuvni uzaytirdi
Photo: Getty Images

Himoyachi Federico Gatti "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda italiyalik insayder Matteo Moretto xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi "Keksa Syonyora" bilan 2030 yilning yozigacha shartnoma imzolagan. Futbolchi yangi kelishuvga ko‘ra, jamoada yiliga 2 million yevro maosh oladi.

Gatti 2022 yilning yanvaridan beri "Yuve"da to‘p suradi. Joriy mavsumda futbolchi klub safida barcha turnirlarda 40 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting