«Yuventus» Brozovichni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Shuningdek, unga “Milan”, “Roma” va “Inter” ham qiziqish bildirmoqda.
ФОТО: Getty images
“Al-Nasr” yarim himoyachisi Marselo Brozovich yana Italiya chempionatiga qaytishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchi “Yuventus” tomonidan diqqat bilan kuzatilmoqda. Ammo uning yuqori maoshi kelishuvga erishishni qiyinlashtirishi mumkin. 33 yoshli o‘yinchi Saudiya klubi safida yiliga taxminan 25 million yevro maosh oladi.
Shuningdek, unga “Milan”, “Roma” va “Inter” ham qiziqish bildirgan.
Bu mavsum Brozovich barcha musobaqalarda 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 gol va 2 assist qayd etdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist