locale OZ

“Yuventus” 16 yoshli gruziyalik futbolchini nishonga oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Yuventus” 16 yoshli gruziyalik futbolchini nishonga oldi
FOTO: Football Talent Scout

Turinning “Yuventus” klubi “Kolxeti-1913”ning ikkinchi jamoasida o'ynayotgan 16 yoshli gruziyalik futbolchi Andriya Bartishviliga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Ma'lumot uchun, Bartishvili 2009-yil 30-martda tug'ilgan. Iste'dodli yosh futbolch hujumkor yarim himoya va hujumning har ikki qanotida ham o'ynay oladi.

Andriya 2025-yilning 1-yanvarida Tbilisining “Dinamo” klubi akademiyasidan erkin agent sifatida “Kolxeti-1913”ga o'tgan. U Gruziya U17 terma jamoasi safida 9 ta o'yin o'tkazib, 2 ta golga mualliflik qildi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting